Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018. Yana so‘nggi daqiqalar va omadli Keyrush

JCh-2018. Yana so‘nggi daqiqalar va omadli Keyrush

Foto: «Twitter»

Jahon chempionatining «B» guruhida Marokash – Eron o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Afrika va Osiyo jamoalari qarama-qarshiligining qo‘shib berilgan daqiqalarida Eron g‘alabni yulib ketdi.

Jarimadan oshirilgan to‘pni Marokash futbolchisi o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. Bu avtogol Eronga 3 ochko taqdim etdi. Omadli Keyrush o‘z jamoasi bilan JChni ham omadli boshladi.

15-iyun, «Krestovskiy»

Marokash – Eron 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 90, avtogol Buxadduz.

Marokash – Muhammadi, El-Ahmadi, Benatiya, Hakimi, Belxanda, Ziyesh, Xarit (da Koshta, 82), Bussufa, Amrabat (Amrabat, 76), Saiss, El-Kaabi (Buxadduz, 77).

Eron – Beyranvand, Puraligandji, Cheshmi, Rezayan, Shojai (Taremi, 68), Xajsafi, Amiri, Ebraximi (Xosseyni, 80), Jahonbaxsh (Goddos, 85), Azmun, Ansarifard.

Ogohlantirish: Shojai (10), El-Ahmadi (34), Jahonbaxsh (47), Ansarifard (90).

Guruhning ikkinchi juftligi – Ispaniya va Portugaliya o‘rtasidagi o‘yin birozdan keyin bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring