Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi ko‘p qavatli uylar qurilishini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi Mustaqillik ko‘chasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yerda 10 ta 7 qavatli uy barpo etilmoqda. Joriy yil Mustaqillik bayrami kunlari ularning foydalanishga topshirilishi natijasida 420 ta oila yangi uyli bo‘ladi.
Sharof Rashidov tumani Uchtepa shaharchasida ko‘p qavatli, «Toqchilik» qishloq fuqarolar yig‘inida arzon uy-joylar qurish, Islom Karimov ko‘chasi bo‘yicha zamonaviy infratuzilma ob’yektlari barpo etish, Toshkent va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan hudud qiyofasini o‘zgartirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va boshqa loyihalar rejalashtirilgan.
Davlat rahbari bu ishlarga zarur qurilish materiallarini viloyatning o‘zida ishlab chiqarish, bu boradagi tajriba va texnologiyaga ega zavodlarni jalb etib, shunday korxonalar tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter