Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda magistral gaz quvuri portladi. Voqea joyiga Alisher Sultonov bordi

Jizzaxda magistral gaz quvuri portladi. Voqea joyiga Alisher Sultonov bordi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 30 mart kuni soat 21:57 da Jizzax viloyati Zarbdor tuman Nurafshon shirkat xo‘jaligi hududidan o‘tgan diametri 1020 mm bo‘lgan «Paxtakor-Yangiyer» magistral gaz quvuri I tarmog‘i 30-kilometrida yong‘insiz quvur yorilishi sodir bo‘lgan.

Tezkorlik bilan holat yuzasidan vakolatli organlarga xabar berilgan. Natijada soat 22:25 da «O‘ztransgaz» AJ markaziy dispetcherlik xizmati ko‘rsatmasi bilan «Paxtakor-Yangiyer» magistral gaz quvurining 19-km va 54-km da berkitish moslamalari to‘liq yopilgan.

Yorilish natijasida jarohatlangan yoki jabrlanganlar yo‘q.

Soat 00.00 atrofida maxsus brigada zaruriy avariya tiklash texnika vositalari bilan voqea joyiga yetib borgan. Avariya oqibatlarini bartaraf etish, magistral gaz quvuri faoliyatini tezkorlik bilan tiklash maqsadida shtab tashkillashtirildi.

Energetika vaziri Alisher Sultonov hodisa ko‘lami va uni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni bevosita o‘rganish hamda tegishli chora ko‘rish uchun zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi.

Ayni paytda avariya tiklash ishlari olib borilmoqda. Hozirda uzunligi 36 metr bo‘lgan quvur montaj qilinyapti. Mazkur jarayonga malakali mutaxassislar hamda barcha zarur texnika vositalari jalb qilingan.

Magistral gaz quvurini bugun ishga tushirish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur magistral gaz quvuri 1984 yilda ishga tushirilgan. Ayni paytda hodisa sabablari o‘rganilyapti. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring