Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda qizini ayovsiz do‘pposlagan otaga chora ko‘rilyapti – Bolalar ombudsmani

Jizzaxda qizini ayovsiz do‘pposlagan otaga chora ko‘rilyapti – Bolalar ombudsmani

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan farzandlarini, jumladan qizini shafqatsizlarcha kaltaklayotgan otaning videoyozuvi tarqaldi.

Bolalar ombudsmanining aniqlik kiritishicha, holat Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan.

Idoraning viloyatdagi mintaqaviy vakili va mutasaddilar tomonidan o‘rganilishicha, fuqaro S.Sh. oilaviy nizo oqibatida 2 nafar farzandiga jismoniy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgan.

Hozirda otaga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi hamda bolalarni xavfsiz muhitga olinishi, ularga zarur psixologik, ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilishi bo‘yicha ichki ishlar organlari va Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy Inson markazi mutaxassislari tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

«Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha tarzda axborot beriladi», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring