Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Joriy o‘quv yili uchun super-kontrakt narxlari belgilandi

Joriy o‘quv yili uchun super-kontrakt narxlari belgilandi

2023/2024-o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi.

Unda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrga qadar 100 to‘lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur to‘lovlar 2023/2024-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning  birinchi o‘quv yili uchun hisoblangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yilida bazaviy kontrakt miqdori 6 mln 412 ming 610 so‘mni tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring