Joriy yilda axborot va aloqa sohasiga qariyb 6 trln so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan
2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga 443,6 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan axborot va aloqa faoliyat turi bo‘yicha 5,9 trln so‘mni (jami investitsiyalarga nisbatan ulushi 3,3 foiz) tashkil qildi.
Ularning asosiy qismi aloqa faoliyat turiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar—sentyabr):
- 2020-yil – 3,7 trln so‘m
- 2021-yil – 3 trln so‘m
- 2022-yil – 4,8 trln so‘m
- 2023-yil – 7,2 trln so‘m
- 2024-yil – 7,4 trln so‘m


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter