Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Josus antivirus yaratgan latviyalik 14 yilga qamaldi

Josus antivirus yaratgan latviyalik 14 yilga qamaldi

Foto: «Norton.com»

Latviyalik rezident, «Scan4you» josus antivirusini ishlab chiqqan Ruslans Bonders AQSh sudi tomonidan 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «Life» xabar qildi.

«Scan4you» zararli dasturiy ta’minot, ya’ni viruslarni topishga mo‘ljallangan, biroq keyinchalik u AQSh hududidagi do‘konlardan shaxsiy ma’lumotlar, xususan, to‘lov kartalarining raqamlarini o‘g‘irlashda qo‘llangan.

Ma’lum qilinishicha, birgina chakana savdo do‘konining o‘zi «Scan4you»dan 292 million dollar zarar ko‘rgan.

— Bondarsning dasturiy ta’minoti Amerika biznesiga hujum quroliga aylandi, — deyiladi AQSh Adliya vazirligi bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring