Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Julian Assanj AQShga ekstraditsiya qilinadi(mi)!?

Julian Assanj AQShga ekstraditsiya qilinadi(mi)!?

Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri «WikiLeaks» asoschisi Julian Assanjni AQShga ekstraditsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar berdi.

«WikiLeaks» mamlakat ichki ishlar vaziri Priti Patel qarori ustidan London Oliy sudiga apellyasiya shikoyati berishini ma’lum qildi. Biroq u rad etilsa, jurnalist 28 kun ichida mamlakatdan ekstraditsiya qilinadi.

2019-yil AQSh adliya vazirligi Buyuk Britaniya hukumatiga Assanjning AQShga ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgan edi. AQSh hukumati Assanjga josuslik va maxfiy ma’lumotni oshkor qilish ayblovlarini bildirgan. Unga 175 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.

7-iyun kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) Britaniya rasmiylarini jurnalist va «WikiLeaks» asoschisini AQShga ekstraditsiya qilmaslikka chaqirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring