Kam uchraydigan va boshqa irsiy kasalliklarga chalingan bolalarga yordam ko‘rsatiladi
Joriy yil 3-noyabrdagi «2026–2030 yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PQ–331-son qaror bilan 2026–2030 yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarni davolash va oldini olishning asosiy maqsadlari belgilab olindi.
Jumladan:
- Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul davolanadigan kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklar turini 5 tadan 10 taga yetkazish;
- ushbu kasalliklarga chalingan bolalarning dori vositalari, maxsus oziq-ovqatlar va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanish darajasini 95 foizdan 99 foizgacha yetkazish;
- kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalar salomatligini muhofaza qilish va tiklash.
2026 yil 1 yanvardan ushbu turdagi kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan bemorlar bepul tibbiy kuzatuvda bo‘ladi va davolanish ishlari davom ettiriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter