Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«KAMAZ» rusumli yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi

«KAMAZ» rusumli yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: «Ti71.ru». Illyustrativ foto

Bugun, 26-may kuni soat 15:44da Yangiyo‘l tumani «Registon» MFY hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 830 km.da  harakatlanib ketayotgan «KAMAZ» rusumli yuk avtomashinasining motor va kabina qismida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etishga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi jalb etilgan. Yong‘in-qutqaruvchilar voqea joyiga soat 15:54da yetib borib, soat 15:58da yong‘in qurshab olingan va soat 16:04da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida yuk avtomobili haydovchisi qo‘l qismidan 3 foiz kuyish tan jarohatini olib, shifokorlar tomonidan unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring