Kasallanganlar soni shiddat bilan oshmoqda

Kecha yurtimizda 870 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, birgina Toshkent shahrida 450 nafardan ortiq bemor qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
2022-yil 14-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 204173 (+876) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 15 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 13 nafari Andijon viloyatida,
- 20 nafari Buxoro viloyatida,
- 53 nafari Jizzax viloyatida,
- 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 7 nafari Navoiy viloyatida,
- 23 nafari Namangan viloyatida,
- 48 nafari Samarqand viloyatida,
- 17 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 37 nafari Xorazm viloyatida,
- 135 nafari Toshkent viloyatida,
- 451 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 198283 (+341) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1513 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter