Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keniyada samolyot va jirafa to‘qnashdi

Keniyada samolyot va jirafa to‘qnashdi

Illyustrativ foto

Keniyada sayyohlar samolyoti jirafa bilan to‘qnashdi, deb xabar berdi Kahawatungu.

Meru okrugidagi Leva yovvoyi tabiat qo‘riqxonasida samolyot yerga qo‘nayotgan paytda ikkita jirafa uchish-qo‘nish yo‘lagini kesib o‘tgan — ularning biri qochishga ulgurmagan. Jonivor nobud bo‘lgan.

Uchuvchi va besh yo‘lovchi esa hech qanday jarohat olmagan, samolyotni jiddiy ta’mir kutmoqda, deyiladi xabarda.

Hodisa yuzasidan politsiya va Keniya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi ish ochdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring