Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keyingi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni bugundan boshlash kerakligi ta’kidlandi

Keyingi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni bugundan boshlash kerakligi ta’kidlandi

Bosh vazir raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda. Majlisda bu yilgi qish mavsumida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda keyingi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni mutlaqo yangicha yondashuvda bugundan boshlash kerakligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda jami tarmoqlarning qariyb 42 foizi, shundan elektr uzatish tarmoqlarining 39 foizi, podstansiyalarning 51 foizi hamda transformator punktlarining 35 foizi ishga tushgan muddatlari 40 yildan oshgan.

Shuning uchun, Prezident topshirig‘iga asosan hukumat tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar elektr tarmoqlarini barqaror va uzluksiz ishlashi uchun 299 ta transformator, 124,7 km turli xil kabellar, 186 tonna transformator moyi yetkazib berish uchun tezkor ravishda qaror qabul qilib, ishlar boshlab yuborildi.

Bu ishlarni davom ettirish uchun Energetika vazirligi, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, energetika xavfsizligini yanada mustahkamlash maqsadida 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturini moliyaviy manbalarni aniq belgilagan holda, bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish topshirildi.

Shu bilan birga:

  • «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ 2023-yilda 817 km magistral, 11 ming km past kuchlanishli tarmoqlari va 2 ming 840 ta transformator punktlarini yangilash, magistral podstansiyalarning quvvatlarini qo‘shimcha 1 ming 325 Mega volt amperga oshirilishini ta’minlash;
  • «O‘ztransgaz» AJ 2023-yilda 86 ta gaz haydash agregatlarini hamda 10 ta gaz turbinali dvigatellarni kapital ta’mirlash;
  • «Hududgazta’minot» AJ 2023-yilda 151 km gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash, 114 ta elektrkimyo himoya qurilmalarini modernizatsiya qilish, 2,5 mingta gaz taqsimlash punktlarini yangilash ishlarini amalga oshirish topshirildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring