Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiyev telekanali Putinni Ukrainaning prezidenti deb atadi

Kiyev telekanali Putinni Ukrainaning prezidenti deb atadi

Espresso» telekanalining «Twitter»dagi sahifasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan AQSh rahbari Donald Trampning uchrashuvi haqida berilgan anonsda xatoga yo‘l qo‘yildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Jurnalistlar Rossiya rahbarini «Ukraina prezidenti» deya xato qilishdi. Xato darhol tuzatildi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xatoni ilg‘ab, darhol uning ostiga sharh qoldirishdi.

Bir necha kishi ijtimoiy tarmoqda telekanal xatosi tufayli Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov oldida so‘roq berishini aytishdi.

«AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi rejalashtirilganidan bir yarim soat kech boshlandi», – deya qayd etilgan anonsda.

Putin va Tramp uchrashuvi 4 soat davom etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring