Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kiyevda restoran xo‘jayini xo‘randalarni otib tashladi

Kiyevda restoran xo‘jayini xo‘randalarni otib tashladi

Foto:«CA-News»

Kiyevning Obolonsk tumanida restoran xo‘jayini uch nafar xo‘randani otib tashladi. Bu haqda «Ca-news.org» xabar bermoqda.

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining ma’lum qilishicha, bir kompaniyaning bir necha erkak va ayol xodimlari restoranda dam olib o‘tirishganida restoran xodimlari va ular o‘rtasida chiqqan janjal otishma bilan tugagan.

Restoranning 60 yoshli xo‘jayini aytishicha, mijozlar uni haqorat qilgan va restoranda ishlovchi qizni chaqirishini so‘ragan.

Shundan so‘ng restoran xo‘jayini o‘zining «Makarov» to‘pponchasida uch nafar xo‘randani otib tashlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring