Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimga ishonaylik?

Kimga ishonaylik?

Foto: «Xabar.uz»

Kecha Toshkentda nihoyatda issiq bo‘lib, «Chilonzor» metrosi tunneli yonidagi avtobus bekatida bir ayolning tobi qochib, hushidan ketishiga bir bahya qoldi. Notanish yigit chaqirgan tez tibbiy yordam mashinasida kelgan shifokorlar yordam bergach holat ijobiy yakun topdi.

Foto: «Xabar.uz»

Qiziq, nega televizorda yoki ijtimoiy tarmoqlarda 38-39 daraja issiq bo‘lishi aytilsa-da, daraxtning soyasidagi termometr +44, +45 darajani ko‘rsatib turibdi? Qay biriga ishonishni bilmaysan kishi.

Yana bir jonli termometr borki, deyarli doim to‘g‘ri aytadi, bu — keksa bobo va momolarimizdir. Kimga yo nimaga ishonish — xohishingiz. Ammo uydagi termometrga bir qarab olishni unutmang! Hali oldinda yanada jazirama kunlar kutilayotgani haqida bobolarimiz xabar bermoqda.

Abduqodir Mo‘minov

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring