Ko‘kdala hokimi gaz balloni portlashidan jabrlanganlarga moddiy yordam ajratdi
![Ko‘kdala hokimi gaz balloni portlashidan jabrlanganlarga moddiy yordam ajratdi](https://xabar.uz/static/crop/2/0/920__95_2094494995.jpg)
Bir muddat oldin Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan Navro‘z saylida gaz balloni portlab ketgani va ko‘plab kishilarning tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.
Tuman hokimining 20-martdagi tegishli qarori bilan Ko‘kdala tumani «To‘qmor» mahallasida yashovchi gaz balloni portlashidan jabrlangan 26 nafar fuqaroga moddiy yordam beriladi.
«Tuman mahalliy budjetining 2024-yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ushbu fuqarolar holidan xabar olish va moddiy yordam uchun 62 mln so‘m mablag‘ ajratilsin», – deyiladi hokim qarorida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter