Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ko‘ksaroyda Vladimir Putinni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

Ko‘ksaroyda Vladimir Putinni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgani haqida xabar qilgandik.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ko‘ksaroyda Rossiya Federatsiyasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim Prezident matbuot xizmatining «Feysbuk»dagi rasmiy sahifasida translyasiya qilindi.

Kutib olish marosimidan so‘ng, dastlab tor doiradagi, keyin keng doiradagi uchrashuvlar o‘tkaziladi. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, turli sohalarda yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring