Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kola ichishi oqibatida 12 yoshli bola og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi

Kola ichishi oqibatida 12 yoshli bola og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi

Rossiyaning Vladivostok shahrida kola ichish oqibatida eroziv gastrit og‘irlashgan 12 yoshli bola qonli qusish bilan shifoxonaga yotqizildi.

Ma’lum qilinishicha, bola favqulodda holatda kasalxonaga olib kelingan. Bemorning so‘zlariga ko‘ra, u uzoq vaqt davomida koka-kola ichib kelgan.

Endoskop qo‘llanilganda shilliq qatlam bilan minimal kontaktda darhol mikroqon ketish holatlari kuzatildi. Bu bolada eroziv gastrit borligini va kola ichishi oqibatida bu holat og‘irlashganligini ko‘rsatadi”, — deydi endoskopist shifokor Margarita Lemza.

Hozir bolani uzoq muddat davolash va gastroenterolog nazorati kutib turibdi. Shifokorga ko‘ra, hazm tizimidagi har qanday kasallikda gazlangan ichimliklar og‘ir oqibatlarga olib keladi.

Shifokorlar so‘nggi paytlarda eroziv gastrit, pankreatit va hatto pankreonekroz bilan kasallangan bolalar soni ortib borayotganini tasdiqlashmoqda. Bu kasalliklarga nafaqat gazlangan ichimliklar, sun’iy va fastfud taomlar ham sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring