Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kongressdagi respublikachilar Baydenning maxfiy hujjatlari bo‘yicha yangi tergov boshladi

Kongressdagi respublikachilar Baydenning maxfiy hujjatlari bo‘yicha yangi tergov boshladi

Respublikachilar nazorati ostidagi Vakillar palatasining Adliya qo‘mitasi Baydenning vitse-prezident bo‘lgan davri(2008-2016)dagi tahliliy markaz va uyida maxfiy hujjatlarni saqlagani bo‘yicha yangi tergov boshladi. Bu haqda The Hill gazetasi xabar berdi.

Ta’kidlashicha, qo‘mita raisi Jim Jordan AQSh Bosh prokurori Merrik Garlendga maktub yo‘llab, sud jarayoni boshlanganligi haqida xabar bergan. Shuningdek, Adliya vazirligining tergov uchun maxsus maslahatchi tayinlash to‘g‘risidagi qaroriga oid hujjatlarni so‘ragan. Bundan tashqari, respublikachilar departamentdan 27 yanvarga qadar Adliya vazirligi, Federal qidiruv byurosi va Oq uyning maxsus prokuror tayinlash masalasida o‘zaro hamkorligi haqidagi hujjatlar va ma’lumotlarni olmoqchi. Ular bunga 27-yanvargacha erishmoqchi.

Avvalroq, Respublikachilar tomonidan nazorat qilinadigan Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik qo‘mitasi Baydenning maxfiy hujjatlari bo‘yicha o‘z tekshiruvini boshlagan edi. Ayrim respublikachilarning ishonchi komilki, Oq uy Kongressga o‘tgan yilning 8-noyabrida bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlar arafasida bu voqeani ataylab jamoatchilikdan yashirgan.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring