Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ko‘pchilikni Yoshlar Ittifoqiga berilgan 200 milliard so‘mning nima uchun sarflanishi qiziqtiradi...»

«Ko‘pchilikni Yoshlar Ittifoqiga berilgan 200 milliard so‘mning nima uchun sarflanishi qiziqtiradi...»

Ko‘pchilikni Ittifoqqa berilgan 200 milliard so‘mning qayerga, nima uchun sarflanishi qiziqtiradi. Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining raisi Alisher Sa’dullayev endi 4 ta yangicha tamoyil asosida ish olib bormoqchiligini e’lon qildi. Buning natijasida tashkilot faoliyatiga bo‘lgan ko‘plab savollar ham o‘z javobini topadi. Yosh rahbar mazkur tamoyillarni amalga oshirishni ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar fikrini o‘rganishdan boshladi.

— Maqsadimiz aniq. Yoshlarimiz bilan 4 ta asosiy tamoyillar, ya’ni Ochiqlik (Kadrlar va Moliyaviy sohalarda), Muloqot (yoshlar xohish va takliflari), Doimiy izlanish, tahlil etish va rivojlanish (tashkilot zamon bilan hamnafas, yangilik va takliflarga doimo ochiq bo‘lishi) va Qo‘llab-quvvatlashni belgilab oldik, – deydi Alisher Sa’dullayev.

Tashkilot ishlab chiqilgan 4 ta tamoyilga amal qilgan holda yoshlarning takliflar yuborishi uchun Googlye formani yo‘lga qo‘ydi.

Bundan tashqari, endi tashkilotning dastlabki tamoyili bo‘lgan kadrlar va moliyaviy sohalardagi ochiqlik asosida endi Yoshlar ittifoqiga ajratilgan mablag‘larning qayerga qanday sarflangani haqida moliyaviy hisobot taqdim etib turiladi. 

—Yoshlar ittifoqidan yaxshi chaqiriq bo‘ldi. Ayniqsa, Ochiqlik prinsipida ishlamoqchi ekani e’tiborga molik, – deb yozadi  jurnalist Aziza Qurbonova o‘zining telegramdagi kanalida. —Hozircha oylik, choraklik, moliyaviy hisobotni doimiy taqdim etadigan biror tashkilotni bilmayman. Yil oxiridagi matbuot anjumanlarining  nafi kam. Chunki pul tasarruf etib bo‘lingan bo‘ladi. Bu o‘z o‘rnida budjetdan moliyalashtiriladigan davlat va nodavlat tashkilotlari uchun yaxshi yangilik bo‘ladi.

Kadrlarni tayinlash bo‘yicha ham ochiqlik tamoyili juda muhim. Endi eng kichik bo‘g‘indagi kadrlar salohiyati va malakasiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etiladi. 

Yana bir tamoyil esa yoshlarning xohish istaklari va takliflariga qaratilgan bo‘lib, endi tashkilot yoshlarni tinglaydi. Ittifoq ularning ezgulikka yo‘g‘rilgan tashabbuslari va dolzarb takliflarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Bu borada ochiq muloqotlar muntazam ravishda tashkil etiladi.

Shahnoza Nurullayeva

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring