Koronavirus tarqalishi bo‘yicha yetakchi mamlakat
Koronavirus bilan kasallanish holatlari (har million aholiga hisoblanganda) bo‘yicha Latviya jahonda yetakchi mamlakatga aylandi. Bu haqda mamlakat Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi bosh epidemiologi Yuriy Perevoshikov «Feysbuk»da yozdi.
17-oktyabrda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Latviyada har million kishiga haftasiga 7679,97 ta kasallanish kuzatilmoqda (mamlakat aholisi soni — 1,8 million kishi). Keyingi o‘rinlarda: Barbados (7125,28) va Gruziya (7106,18).
So‘nggi sutkada Latviyada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 2375 ta yangi holat qayd etildi, 9 nafar bemor vafot etdi.
Boltiqbo‘yi respublikasida favqulodda holat joriy etildi. Jumladan, to‘rt haftagacha barcha ommaviy tadbirlar bekor qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter