Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus «yosharyapti». Qozog‘istonda 4 oylik go‘dak infeksiyani yuqtirib oldi

Koronavirus «yosharyapti». Qozog‘istonda 4 oylik go‘dak infeksiyani yuqtirib oldi

Foto: «Inform.kz»

Koronavirus aniqlangan 28 kishi orasida 4 oylik go‘dak ham bor, deydi brifingda Nursulton sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Saule Kisikova.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 53 ta koronavirus qayd etildi. 16-martdan beri mamlakatda favqulodda vaziyat tartibi joriy etilgan. Nursulton va Olmaotada 19-martdan buyon karantin.

«18 yoshgacha – 2 ta: bitta 4 oylik go‘dak va 14 yoshli o‘smir, 18 yoshdan 29 yoshgacha – 3 kishi, 30 yoshdan 49 yoshgacha – 18 kishi, 50 yoshdan 59 yoshgacha – 4 kishi, 60 yoshdan oshgan – 1 kishi (yangi virusni yuqtirgan – tahr.)», – deydi Kisikova.

«RIA Novosti»ningi yozishicha, ikkita katta va bitta 4 oylik go‘dakdan iborat oila epidemiologik vaziyat noxush bo‘lgan mamlakatda bo‘lgani uchun Parij-Minsk-Nursulton reysida tekshirilgan. Ular 9 — 20-mart kunlari Fransiyada dam olib qaytishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring