Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda qo‘shma korxona ombor mudiri o‘zini osdi

Andijonda qo‘shma korxona ombor mudiri o‘zini osdi

Foto: «Xabar.uz»

Kuni kecha Andijondagi «Uz Dong Yang Ko» MChJ shaklidagi qo‘shma korxona ombor mudiri o‘z joniga qasd qilganiga oid xabarlar tarqagandi. Ayni xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

Darhaqiqat, shu yilning 29-may kuni soat 16-30 da Buloqboshi tumanida istiqomat qilgan 34 yoshli I.X. yashash uyining ayvoniga arqondan sirtmoq yasab o‘zini-o‘zi osgani natijasida voqea joyida vafot etgan. Murda ekspert ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, bo‘yin sohasida bir izli tipik strangulyasion egat, ichki a’zolarini to‘laqonligi, o‘pka va yurak epikardlarida nuqtasimon kardio dog‘lari aniqlangan.

Shuningdek, Bosh prokuratura mas’uli I.X. qo‘shma korxonada prokuratura tekshiruv boshlagani ortidan o‘z joniga qasd qilganiniga oid gaplarni inkor etdi. Unga ko‘ra, «Uz Dong Yang Ko» qo‘shma korxonasida 2018-2019-yillar davomida xom ashyo va materiallarini saqlanishi, tarqatilishi va butligi yuzasidan tekshirish o‘tkazilganligi rost. Tekshiruvlar bir yoki ikki oy avval emas, o‘tgan 2019-yilning boshida o‘tkazilgan. O‘shanda X. I. moddiy javobgarligida bo‘lgan 168 mln. so‘mlik xom ashyo va materiallaridan kamomad aniqlangan (marhum 2013-yildan beri ombor mudiri bo‘lib ishlab kelgan) va o‘z vaqtida (I.X. tomonidan) bartaraf etilgan.

Qo‘shma korxonadagi ayni kunlardagi tekshiruv esa ichki audit xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, shu yilning 21 may kuni «Uz Dong Yang Ko» MChJ shaklidagi qo‘shma korxona rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchisining 50-sonli buyrug‘i chiqarilgan bo‘lib, unga asosan X.I. javobgarligidagi tovar moddiy boyliklarini boshqalar zimmasiga yuklash hamda 20 may holatigacha taftish o‘tkazish uchun ishchi guruh tuzilgan. Shuningdek, mazkur buyruq bilan inventarizatsiyadan o‘tkazish uchun tekshirish boshlangan.

Tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida X.I. korxonada ichki audit va inventrizatsiya boshlangani ortidan bir necha kun ishga kelmay qo‘yganligi aniqlandi. Biroq uning o‘z joniga qasd qilgani sabablari haqida xulosa qilishga hali erta. Negaki, ayni paytda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring