Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kosonsoydagi uylarning birida gaz portladi. Jabrlanganlar bor

Kosonsoydagi uylarning birida gaz portladi. Jabrlanganlar bor

Bugun, 7-fevral kuni soat 7:30 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Nurobod» MFYdagi uylardan birida gaz portladi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, soat 07:30 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Nurobod» MFY Navbahor ko‘chasi raqamsiz yashash uyida, gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro tan jarohatini olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda chaqnash oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda “Hududgazta’minoti” xodimlari chiqishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring