Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli shamol Xitoydagi aeroport shiftini qo‘porib tashladi (video)

Kuchli shamol Xitoydagi aeroport shiftini qo‘porib tashladi (video)

Foto: SalamNews

Xitoyning Nanchan shahrida kuchli shamol tufayli aeroport terminalining shifti qulab tushdi va yo‘lovchilar orasida vahima keltirib chiqardi. Bu haqida «New Straits Times» ma’lumotiga asoslanib «RIA Novosti» ma’lum qilgan.

Kadrlarda shift bo‘laklari mashinalar ustiga tushayotganini ko‘rish va yo‘lovchilarning qichqirig‘ini eshitish mumkin.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra shamol tezligi sekundiga 30 metrga yetgan. Bu kuchli dovul hisoblanadi (bo‘ronning eng quyi tezligi sekundiga 32 metr).

Aeroport mutasaddisining ma’lum qilishicha, bir qancha reyslar kechiktirilgan, ammo kechga borib aeroport odatdagi rejimda ishlay boshlagan. Hodisada hech kim jarohat olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring