Litvaliklar lotin yozuviga qaytgan kun
![Litvaliklar lotin yozuviga qaytgan kun](https://xabar.uz/static/crop/2/3/920__95_2326562823.jpg)
Bugun, 7-may Litvada matbuot tiklangan, kitob va til kuni sifatida nishonlanadi. Yanayam aniqroq aytganda, o‘z lotin yozuvidan salkam 40 yil mahrum etilgan (1865–1904-yillar) litvaliklar bu kun o‘z yozuviga qayta ega bo‘lishgan. 1904-yilning 7-may kuni Chor Rossiyasi hukumati litva tilida lotin yozuvida kitob va gazetalarni chop etishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/49/720__oMlE1zY75E_or2-NEDz0cE5gEMqbu4Hp.jpg)
Litvaliklarning lotin yozuviga taqiq Rossiya imperiyasi tarkibiga o‘tib ketgan yerlarni qaytarib berish talab qilingan 1863-1864-yillarda yuz bergan Polshadagi isyon (Yanvar qo‘zg‘oloni nomi bilan mashhur)dan so‘ng, o‘lkani ruslashtirish siyosati doirasida Shimoli-G‘arbiy o‘lka general-gubernatori tomonidan 6 (18)-sentyabrda joriy etilgan. General-gubernator litvaliklarga o‘z ona tilida kitob, gazeta chop etishda «polyak-lotin harflari»dan foydalanishni taqiqlagandi. Uning amriga bo‘ysunmaganlar tinmay ta’qib qilingan, ushlanganlar qamoqxonalarga jo‘natilgan, qo‘shni guberniyalarga, Sibirga surgun qilingan.
Shimoli-G‘arbiy o‘lkani nisbatan qisqa muddat (1865–1867-yillar) boshqarib, litvaliklarni yozuvsiz qoldirgan ham, keyinchalik Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklariga qaqshatqich zarbalar bergan, Samarqand va Xivani zabt etgani uchun 2-darajali Avliyo Georgiy ordeni bilan taqdirlangan ham bitta odam — Konstantin Petrovich fon Kaufman — Turkiston general-gubernatori (1867–1882-yillar).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter