Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko xokkey o‘yinida yuzidan zarba yedi

Lukashenko xokkey o‘yinida yuzidan zarba yedi

Foto: «Pul Pervogo»

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning yuziga o‘yin paytida xokkey tayoqchasi zarbasi tegib ketdi. 

Davlat rahbari shanba kuni Minskdagi o‘yinda noqulay ahvolga tushgan. 

Voqea aks etgan video davlat rahbari matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan «Pul Pervogo»  telegram-kanalida e’lon qilindi.

Aytilishicha, o‘yinchilardan biri shayba uchun kurashda Lukashenkoning yuziga kutilmaganda zarba berib yuborgan. Qayd etilishicha, voqea prezidentning kayfiyatiga ta’sir qilmagan.

O‘yinda keyingi tasvirlarda Lukashenkoning yuzida jarohat borligi va unga tibbiy yordam berilgani ko‘ringan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring