Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniyat vazirligi Yulduz Usmonovaga tanbeh berdi

Madaniyat vazirligi Yulduz Usmonovaga tanbeh berdi

Yulduz Usmonova Ichki ishlar organlari xodimlarini tanqid qilgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan edi. Madaniyat vazirligi ushbu holat yuzasidan san’atkorga murojaat qildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ushbu videolavhaga e’tiroz bildiradi. Yurtimizga kelgan sinov paytida Yulduz Usmonova tomonidan bildirilgan fikrlar noo‘rindir, shuningdek, san’atkorning xabari bo‘lmasa kerak, ikki oy davomida o‘z oilasi bilan ko‘risha olmayotgan va uyiga bormayotgan Ichki ishlar organlari xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda nolishayotgani yo‘q. Chunki, ular xalqning tinchligi yo‘lida kunni kun, tunni tun demay mehnat qilishyapti.

Bir ishning ortidan militsiya xodimlarini ayblash noto‘g‘ri.

Hurmatli Yulduz Usmonova, avvalroq OAV orqali militsiya xodimlariga minnatdorlik bildirganingizni eslasangiz kerak. Endi, bir achchiq gap ustidan ularga bildirgan nafratingiz nimadan dalolat? Mayli, achchiq ustida aytilibdi, ammo videoni ijtimoiy tarmoqqa chiqarish nimasi?

Bugun mamlakatimizda barcha — Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, shifokorlar birdek ish olib boryapti. Bu zahmatkash mehnatni hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.

Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlab berayotgan Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari hamda shifokorlarga Madaniyat vazirligi o‘z minnatdorligini bildiradi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring