Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madaniyatni yaponiyalik va senegallik muxlislardan o‘rganish kerak (video)

Madaniyatni yaponiyalik va senegallik muxlislardan o‘rganish kerak (video)

JCh-2018 doirasida Moskvadagi «Spartak» stadionida o‘z mamlakatlari va Polsha o‘rtasida o‘yinni ko‘rib bo‘lgan senegallik muxlislar ketishlaridan oldin o‘z joylarini tozalab, tartibga solib ketishdi, deb xabar bergan «Udivi.li» sayti. O‘shanda, 19-iyun kuni Senegal terma jamoasi Polsha ustidan 2:1 hisobida zafar quchgandi.

Yapon muxlislari esa Saranskdagi «Mordoviya Arena»dan ketishdan avval nafaqat o‘z sektorlari, balki raqib jamoa muxlislari — kolumbiyaliklar o‘tirgan joylarni ham tartibga keltirib qo‘yishdi. Ular buning uchun oldindan o‘zlari bilan maxsus chiqindi soladigan paketlar olib kelishgan.

Eng qizig‘i, bu o‘yinda ham tozalikni xush ko‘ruvchi muxlislarning jamoasi g‘alaba qozongan: Yaponiya — Kolumbiya — 2:1.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring