Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madina Muxtorovaning o‘g‘illariga oid masala yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi!

Madina Muxtorovaning o‘g‘illariga oid masala yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi!

Foto: «Gazeta.uz»

Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘li M.Alimjanovning akasi S.Muxtorov tomonidan kaltaklanishi, keyinroq aktrisa oilasi tomonidan bu holat inkor etilib, go‘yoki hammasi  shunchaki «sahna ko‘rinishi» bo‘lgani, xonadoni tinch va osuda ekani haqida tarmoqlarga ketma-ket lavhalar joylaganiga qaramay, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Gazeta.uz» Yunusobod tumani prokurori Habibulla Mirsoatovga tayanib  xabar bermoqda.

Aytilishicha, 4-yanvar kuni, Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni 6 kundan ortiq, ammo 21 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish)ga asosan qo‘zg‘atilgan.

«Jabrlanuvchi shikoyat qilmagan bo‘lsa-da, Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasiga asosan, prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atishga vakolatli. Biz sud-tibbiy ekspertiza xulosasi oldik va bugun Yunusobod tuman prokuraturasi jinoyat ishi ochdi, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i general-mayor R.Jo‘rayev aktrisaning farzandlariga bog‘liq vaziyatni o‘z nazoratiga olgani xabari berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring