Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Zamdekanning ishi» sudga oshirildi

«Zamdekanning ishi» sudga oshirildi

Foto: «Nemolchi.uz»

O‘tgan yilning oktyabr oyi oxirida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dekan o‘rinbosari shu oliy o‘quv yurti talabasini zo‘rlashda gumonlanib hibsga olingandi.

Katta shov-shuvga sabab bo‘lgan mazkur voqelik ortidan institut rektori ishdan olingani, dekan o‘rinbosari B.Yu.ga nisbatan jinoyat ishi ochilganidan ham jamoatchilikning xabari bor.

Nihoyat, «zamdekan»ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, ish mazmunan ko‘rib chiqilishi uchun sudga yuborildi. Mazkur ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi. Unga ko‘ra,  B.Yu. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (nomusga tegishga suiqasd qilish) 1-qismi va 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda.

Qonun talabiga muvofiq, jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring