Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madrid Trampning bayonotiga javob qaytardi

Madrid Trampning bayonotiga javob qaytardi

Ispaniya hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning Ispaniya bilan savdoni to‘xtatish haqidagi bayonotiga javob qaytardi. Bu haqda El País nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Ispaniya “NATOning muhim a’zosi” va “Yevropa Ittifoqidagi yirik eksport salohiyatiga ega davlat”, shuningdek, dunyoning 195 mamlakati, jumladan AQSh uchun “ishonchli savdo hamkori” hisoblanadi. Ispaniya hukumati Madrid Vashington bilan o‘zaro manfaatli savdo munosabatlarini qo‘llab-quvvatlab kelayotganini eslatgan.

“AQSh ma’muriyati munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishni istasa, buni xususiy kompaniyalar mustaqilligi, xalqaro huquq va Yevropa Ittifoqi hamda AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvlarga hurmat saqlagan holda amalga oshirishi kerak”, — deyiladi Ispaniya hukumati bayonotida.

Avvalroq Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares mamlakat Eronga qarshi operatsiyada ishtirok etayotgan AQSh kuchlariga o‘z harbiy bazalarini taqdim etishdan bosh tortganini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, ispan bazalari “AQSh bilan tuzilgan kelishuv va BMT Nizomidan tashqari hech qanday maqsadlarda” ishlatilmaydi.

3 mart, seshanba kuni Donald Tramp AQSh Ispaniya bilan savdoni to‘xtatishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya YaIMning 5 foizigacha mudofaa xarajatlarini oshirishdan bosh tortgan yagona NATO davlati bo‘lgan. Oq uy rahbari, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar “ispan harbiy bazalaridan shunchaki foydalanishi mumkinligi”ni qo‘shimcha qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring