Magnus Karlsenni yenggan Shamsiddinga «MacBook» sovg‘a qilindi
2018-yilning 25-31-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Rapid va blits yo‘nalishlarida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mukofot jamg‘armasi bir million AQSh dollari bo‘lgan ushbu musobaqada dunyoning 40dan ortiq davlatidan 206 nafar erkak hamda 124 nafar ayol shaxmat ustalari dona surishdi.
Jahon chempionati bahslarida vatanimiz sharafini xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov, xalqaro toifadagi sport ustalari Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyev, ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda esa Gulruhbegim Tohirjonova himoya qildi.
Rapid yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarning 2-turida o‘zbekistonlik Shamsiddin Vohidov sensatsiya qayd etgani haqida xabar berilgandi.
U qora donalarda harakat qilgan bo‘lishiga qaramay amaldagi jahon chempioni hamda dunyo reytingida peshqadamlik qilayotgan Magnus Karlsenni 36-yurishda taslim qilgandi.
Musobaqa yakunida Shamsiddin Vohidov 8,5 ochko jamg‘argan holda 206 nafar shaxmatchi orasida 58-o‘rinni egalladi.
Bugun shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar maktabida sport ustasi Shamsiddin Vohidovni taqdirlash marosimi o‘tkazildi, deb xabar berdi «O‘zA».
Marosimda Shamsiddinga O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan «MacBook Pro» bilan taqdirlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas