Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahalla raisi pora bilan qo‘lga tushdi

Mahalla raisi pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Shu yilning 15-oktyabr kuni fuqaro M.M. Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, mahalla fuqarolari yig‘ini raisi undan pora talab qilayotganini ma’lum qilgan.

Arizada Qibray tumanida joylashgan «Bog‘ishamol» mahalla fuqarolari yig‘ini raisi X.M. unga uy-joy kadastr bo‘limiga taqdim qilish uchun noturar joy bo‘yicha ma’lumotnomani yozib berish evaziga 1 mln. 500 ming so‘m miqdorida pora talab qilayotganligini bildirgan.

2018-yil 16-oktyabr kuni Toshkent viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Qibray tumani prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, X.M. o‘z xizmat xonasida fuqaro M.M.dan 1 mln. 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlandi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qibray tumani bo‘limi tomonidan X.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring