Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Majburiy tibbiy sug‘urta JSST bilan hamkorlikda joriy etiladi

Majburiy tibbiy sug‘urta JSST bilan hamkorlikda joriy etiladi

JSST Yevropa mintaqaviy buyurosi direktori Xans Klyugening mamlakatimizga tashrif buyurdi. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni tubdan isloh qilish maqsadida majburiy tibbiy sug‘urta tizimi Sirdaryo viloyatida tajriba sifatida boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Shundan kelib chiqqan holda, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge o‘zaro muloqotlarda Sirdaryo viloyatida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari ko‘magida tibbiy xizmatlarning yangi modellari bo‘yicha qo‘shma pilot loyihasi boshlanganligini ta’kidlab, uni joriy etishda JSST dunyo tajribasidan kelib chiqib, har tomonlama amaliy ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirdi. Ushbu amaliyot butun mamlakatimiz bo‘ylab bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.

Nafaqat majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish, balki tibbiyot sohasini moliyalashtirishni takomillashtirish, zamonaviy boshqaruv tizimi va hududlarda sog‘liqni saqlashni tashkil etishning «klaster» modelini shakllantirish, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasini yanada kuchaytirish borasida ham O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va JSST Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge tizimli ravishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring