Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab bitiruvchisi attestat olishi uchun kamida bitta kasb yoki hunar egasi bo‘lishi talab etiladi

Maktab bitiruvchisi attestat olishi uchun kamida bitta kasb yoki hunar egasi bo‘lishi talab etiladi

Maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va hunarlarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yoshlar va talabalar forumida ta’kidlab o‘tdi.

– Andijon viloyatida jami 41  ming maktab bitiruvchilarining 25  ming nafarini kasb-hunarga o‘rgatish orqali, bandligini ta’minlash bo‘yicha tajriba, barcha hududlarda keng qo‘llanilishi kerak.

Bundan buyon, maktab bitiruvchisiga attestat berishda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallash majburiy qoida bo‘ladi
, – dedi Prezident.

Davlat rahbari tomonidan aytilishicha, tizim davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan birga yo‘lga qo‘yiladi. Viloyat, tuman va shahar hokimlari har yili 1  sentyabrga qadar maktablar kesimida 10-11-sinf o‘quvchilarini mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish ro‘yxati va dasturini mahalliy kengashlarda muhokama qilib, tasdiqlaydi.

– Parlamentimiz palatalari ushbu talabni qonun darajasida mustahkamlashi maqsadga muvofiq bo‘lur edi.

O‘ylaymanki, ushbu tashabbusni barcha ota-onalar qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki, kasb-hunar egallagan inson birovga muhtoj bo‘lmaydi, buzg‘unchi g‘oyalarga berilmaydi, hayotda albatta o‘z yo‘lini topadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring