Maktab ta’limida 2030 yilgacha amalga oshiriladigan katta o‘zgarishlar ma’lum qilindi
Muhokamaga qo‘yilgan Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’limni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2030 yilgacha qator islohotlar amalga oshiriladi.
Xususan, 1 000 ta yangi avlod darslik majmualari chop etiladi, ular asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dastur ishlab chiqiladi. Ta’lim muassasalariga har yili 600 nafar xorijiy, “til egasi” bo‘lgan mutaxassislar jalb qilinadi.
Eng muhimi, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda qo‘llanilayotgan baholash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilib, 2030 yilga borib barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini (100 foiz) qamrab oladi.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter