Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Malmyo» fanatlari «Ibragimovich»ni burunsiz qoldirishdi

«Malmyo» fanatlari «Ibragimovich»ni burunsiz qoldirishdi

Foto: «Twitter»

Shvetsiyaning «Malmyo» futbol klubi fanatlari klubning va mamlakat terma jamoasining sobiq futbolchisi Zlatan Ibragimovichning haykaliga yana bir marta zarar yetkazishdi. Bezorilar bronza haykalning burnini arralab ketishgan, kamiga haykalga kumush bo‘yoq sepib ham ketishgan, deyiladi «Sportbladet» xabarida.

Zlatan Ibragimovich «Malmyo»ning azaliy raqibi — «Xammarbyu» FK aksiyalarining 50 foizini sotib olgani fanatlarning g‘azabini qo‘zg‘agan.

Zlatanning haykali o‘rnatilganiga ko‘p bo‘lmasidan (o‘n kuncha bo‘lgandi) asos qismi kesib, kamiga yoqib yuborilgandi. Shundan so‘ng uni temir to‘siq bilan o‘rab qo‘yishdi. Ammo bu malmyolik fanatlarga uning burnini kesib, bo‘yoq chaplab ketishlariga to‘siq bo‘lolmadi. Fanatizm...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring