Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» Ronaldu bilan shartnomani bekor qiladi

«Manchester Yunayted» Ronaldu bilan shartnomani bekor qiladi

Foto: Championat.com

Krishtianu Ronalduning shov-shuvli intervyusiga javoban «Manchester Yunayted» u bilan shartnomani bekor qiladi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Nashr manbasiga ko‘ra, «qizil iblislar» rahbariyati jamoa va uning xodimlarini ommaviy tarzda tanqid qilgan Ronalduni shartnoma shartlarini buzgan deb hisoblamoqda. Shu bois «MY» u bilan shartnoma oldindan bekor qilingani uchun badal ham to‘lamoqchi emas.

Joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatida 10 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. Omadsiz mavsumga qaramay, u Portugaliya terma jamoasining Qatar-2022dagi tarkibiga kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring