Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiyni e’lon qildi

«Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiyni e’lon qildi

Rasman Erik ten Xag «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klubning rasmiy sayti e’lon qildi.

Mavsum yakuniga yetgach niderlandiyalik mutaxassis «qizil iblislar» safida ishga kirishadi. Shartnoma 2025-yil yozigacha tuzilgan. Shartnomaning boshqa bandlari tafsilotlari ochiqlanmagan.

«Murabbiyning uzoq muddatli qarashlari, maqsadlarga erishish yo‘lidagi intilishlari va qat’iyati bizda chuqur taassurot qoldirdi», – deyiladi klub bayonotida.

Erik ten Xag tayinlanish haqida shunday dedi: «Manchester Yunayted»ga bosh murabbiy etib tayinlanganim katta sharaf va men oldimda turgan qiyinchilikdan juda hayajondaman. Men bu buyuk klub tarixini va muxlislarning ishtiyoqini bilaman».

Erik ten Xag shu paytgacha «Ayaks» klubini boshqarayotgan edi. Murabbbiy ushbu jamoa bilan Yevropa yashil maydonlarida ancha nomdor jamoalarni mag‘lub etib, e’tiborga tushgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring