Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mandat bugun e’lon qilinadimi?

Mandat bugun e’lon qilinadimi?

Foto: «Xs.uz»

Bugun, 23-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq hamon mandat chiqqani yo‘q.

Davlat test markazi vakilining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, qoidaga ko‘ra mandat haqiqatda bugun (test imtihonlari tugaganidan keyin bir hafta o‘tib) chiqishi kerak. Ammo, DTM xodimi hali ham test natijalarining qachon e’lon qilinishi haqida aniq ma’lumotga ega emasligini bildirdi.

E’tiborlisi, bugun davlat test markazining rasmiy veb-saytida profilaktika ishlari amalga oshirilayotgani e’lon qilindi. Shu munosabat bilan rasmiy veb-saytda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligi bildirilgan. Bu bevosita test natijalari e’lon qilinishi oldidan tayyorgarlik bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Saytimizni va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring, mandat e’lon qilinishi bilan bu haqda sizga birinchilardan bo‘lib xabar beramiz.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring