Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvining 2026-yil 18-martdagi yig‘ilishida qayd etilishicha, ayrim oziq-ovqat narxlari oshishi hisobiga inflyasiya pasayishi sekinlashdi, bazaviy inflyasiya esa oshdi: fevralda umumiy inflyasiya yillik 7,3 foizni, bazaviy inflyasiya 6,3 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, inflyasion kutilmalar – aholi orasida 11,2 foiz, tadbirkorlar o‘rtasida esa 10,8 foizni tashkil qildi.

Yalpi talab hisobiga iqtisodiy faollik yuqori darajada saqlanmoqda, xususan yanvarda: chakana savdo 14,7 foizga, ulgurji savdo 15,6 foizga, umumiy ovqatlanish 18,9 foizga, sanoat 7,8 foizga, xizmatlar 14,8 foizga va qurilish 9,2 foizga o‘sdi.

«Geosiyosiy keskinliklar kuchayishi global ta’minot uzilishlari, energiya va oziq-ovqat narxlari hamda logistika xarajatlari oshishiga olib kelib, import orqali ichki inflyasiyaga qo‘shimcha bosim yaratishi mumkin.

Markaziy bankning pul-kredit siyosati inflyasiyani o‘rta muddatda 5 foizlik maqsadli darajagacha pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan bo‘lib qoladi», – deyiladi regulyator press-relizida.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2026-yil 29-aprel kuniga belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring