Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Masofaviy ta’limga qarshi italiyalik o‘quvchilar maktab darvozalarining oldiga borib o‘tirib olishmoqda

Masofaviy ta’limga qarshi italiyalik o‘quvchilar maktab darvozalarining oldiga borib o‘tirib olishmoqda

Foto: «The Guardian»

Italiyalik o‘quvchilar masofaviy ta’limga qarshi norozilik bildirishyapti. Turinlik 12 yoshli Anita Yakovelli «Kelajak uchun maktab» norozilik harakatining yuziga aylandi, deya xabar berdi «The Guardian».

Sentyabr oyida o‘quvchilar sinfxonalarga qaytishdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra ular bundan judayam xursand bo‘lishgan: so‘rovnoma ishtirokchilarining 90%i an’anaviy o‘qishni qulay va samarali deb hisoblaydi.

6-noyabr kuni Anita Yakovellining maktabini yopishdi. Aynan u birinchi bo‘lib davlatga qarshi chiqishdan qo‘rqmadi. Qizcha yolg‘iz o‘zi har kuni maktabining ro‘parasida piket uyushtirib, namoyishkorona partada o‘tirib, niqobda uy vazifalarini bajarishga kirishdi.

O‘quvchi qizning aytishicha, masofaviy ta’limda diqqatni jamlash nihoyatda qiyin. Ustiga-ustak, internet bilan bog‘liq doimiy muammolar mavjud. Boshida Anita yolg‘iz o‘zi chiqdi, keyinroq unga dugonasi Liza qo‘shildi. Hozir aksiya butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan: o‘quvchilar o‘zlarining maktablariga kelib, darvozasining oldiga o‘tirib olishmoqda.

Rasmiylar tezda qizchadan xabar topishdi. U bilan shaxsan ta’lim vaziri Luchiya Adzolinaning o‘zi bog‘lanib, «yaqin kunlarda maktablar o‘quvchilarga yana o‘z eshiklarini ochadi» deb ishontirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring