Mast kursdoshi do‘pposlagan qarshilik talaba shifoxonada vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 5-mart kuni soat 16.50 larda Mag‘zon MFY Bo‘ribozor ko‘chasida yashovchi, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti 4-kurs talabasi, 1991-yilda tug‘ilgan A.Narzullayev mast holda Qarliqbog‘ot ko‘chasida joylashgan «Xonzoda» savdo do‘koni oldida o‘zaro janjal oqibatida kursdoshi, 1993-yilda tug‘ilgan A. Sultonovning boshiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada A.Sultonov kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. A.Narzullayev qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter