Maymun chechagiga chalinganlar karantinga olinadi — Belgiya
Belgiya maymun chechagiga chalinganlar 21 kunlik karantinga olinishi joriy etilgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi.
14 mamlakatda ushbu kasallik rasman tasdiqlanganidan so‘ng hamda Buyuk Britaniya shifokorlari kasallanishlar soni «sezilarli ravishda» oshganidan ogohlantirishni boshlashganidan keyin Belgiya keskin chora qo‘llashga kirishdi.
Mamlakatdagi barcha infeksiyalar Antverpendagi festival bilan bog‘liqligi, birinchi bemor o‘tgan juma kuni ro‘yxatga olingani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter