Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maymunlar koronavirusga shubha qilingan bemorlarning qon namunalarini o‘g‘irlab ketishdi (Video)

Maymunlar koronavirusga shubha qilingan bemorlarning qon namunalarini o‘g‘irlab ketishdi (Video)

Foto: «indiatoday.in»

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bir nechta maymun COVID-19 ga shubha qilingan bemorlarning qon namunalarini laboratoriyaga olib ketayotgan laborantga hujum qilib, uchta testni o‘g‘irlab qochib ketishdi, deya xabar berdi «India Today» gazetasi.

Hodisa juma kuni Uttar-Pradesh shtati Meyerut tibbiyot kollejida yuz berdi. Shifokorlar agar namunalarda, chindan ham, koronavirus bo‘lsa, maymunlarga yuqishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda. Tibbiyot xodimlarining ta’kidlashicha, maymunlar avval ham ushbu markazdan turli buyumlarni o‘g‘irlab qochishgan.

Hindiston OAVda paydo bo‘lgan videoda maymunlardan biri namuna to‘plamlaridan birini chaynab o‘tirganini ko‘rish mumkin.

Shtat politsiyasi maymunlar COVID-19 tashuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarning qon namunalarini o‘g‘irlashganini va o‘rmon departamentiga xabar berilgandan keyin ham maymunlar qo‘lga olinmaganligini tasdiqladi.

Hukumat hodisa yuzasidan tergov harakatlarini boshlab yuborishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring