Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Medvedev NATO sobiq bosh kotibiga tahdidli javob berdi

Medvedev NATO sobiq bosh kotibiga tahdidli javob berdi

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussenni alyansga a’zo ba’zi davlatlar Ukrainaga yordam berish uchun muntazam armiya jo‘natishi mumkinligini haqidagi bayonotiga javob berdi. 

«Xo‘sh, bu mamlakatlar aholisidan so‘raganmisiz? Ulardan qaysi biri Rossiya bilan urush qilishni xohlaydi? Siz Yevropaga gipertovushli qurollar bilan zarba berilishini xohlaysiz, to‘g‘rimi? Sem amaki (AQSh nazarda tutilmoqda — tahr) bu haqda qanday fikrda? Axir, bu unga ham ta’sir qiladi», — deb yozdi Medvedev Telegram-kanalida.

8-iyun kuni NATOning sobiq bosh kotibi Rasmussen alyans qo‘shinlari Ukraina mojarosida bevosita ishtirok etishi mumkinligini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, alyansning Vilnyusdagi sammitida mamlakatga xavfsizlik kafolatlari berilmasa, bir guruh NATO davlatlari Ukrainaga qo‘shin jo‘natishga qaror qilishi mumkin.

Avvalroq Medvedev Germaniya tomoni Putinni qamoqqa olsa, katta urush boshlanishi bilan tahdid qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring