Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meksikada o‘ldirilgan kartel yetakchisi oltin tobutda qabristonga olib kelindi

Meksikada o‘ldirilgan kartel yetakchisi oltin tobutda qabristonga olib kelindi

Meksikaning “Xalisko yangi avlod karteli” rahbari, «El Mencho» laqabi bilan tanilgan Ruben Osegera Servantesning jasadi Xalisko shtati Sapopan munitsipalitetidagi qabristonga oltin tobutda olib kelindi. Bu haqda El Universal gazetasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, motam korteji 2 mart kuni Xalisko shtati poytaxti Gvadalaxara shahridagi dafn marosimlari byurosidan yo‘lga chiqqan. Qabristonga yetib kelganda katafalkni orkestr kuzatib borgani qayd etilgan. Dafn marosimi yopiq tarzda o‘tkazilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, jasadni tashish va dafn qilish jarayoni keng qamrovli xavfsizlik choralari bilan birga amalga oshirilgan. Kortej yo‘nalishi va “Resinto de la Pas” qabristoni hududi federal va mintaqaviy kuch tuzilmalari xodimlari tomonidan qo‘riqlangan. Shuningdek, dafn byurosi oldida harbiylar va zirhli texnika navbatchilik qilgan.

Meksika Milliy mudofaa vazirligi 22 fevral kuni “Xalisko yangi avlod karteli” rahbari Ruben Osegera Servantes yo‘q qilinganini e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, narkobaron o‘ldirilgach, mamlakatni zo‘ravonlik to‘lqini qamrab olgandi.

Shundan so‘ng, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum bayonot bilan chiqib, Meksikaga sayohat qilayotgan muxlislar uchun «hech qanday xavf yo‘qligini» aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring