Meksikada yonilg‘i quvuri portlashidan 21 kishi halok bo‘ldi
Meksikaning Idalgo shtatida yonilg‘i quvuri portlashidan 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Reuters» xabar tarqatdi.
Portlash o‘nlab kishilar noqonuniy tarzda konteynerlarni yonilg‘i bilan to‘ldirayotgan paytda sodir bo‘lgan. Shtat gubernatori Omar Fayyardning ta’kidlashicha, baxtsiz hodisa oqibatida 21 kishi nobud bo‘lgan, 71 kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida kelib chiqqan yong‘in hali o‘chirilmagani bois halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni ko‘payishi mumkin.
Gubernator yurtdoshlarini yonilg‘i o‘g‘irlamaslikka chorladi, bu nafaqat noqonuniy, balki hayot uchun ham xavflidir.
Fojia munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy komissiya ish boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter